Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 6-"Bog‘chilik" saylov okrugidan saylangan deputati X. Israilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 5-"Yangiqishloq" saylov okrugidan saylangan deputati U. Dustova tashabbusi bilan muhim o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni Yoshlar kuni deb belgilangan.
янв.21
Zafarobod tumanida o'rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv
янв.21
Zafarobod tumanida sport sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Zafarobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Zafarobod tumanida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi oshmoqda.
янв.21
Yoshlar masalalari — e’tibor markazida!
O‘zbekiston — Vengriya: o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichi

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘zaro ishonch asosidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Birgalikdagi intilish va amaliy ishlar natijasi o‘laroq bu sheriklik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanib, strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, “yashil” energetika kabi yo‘nalishlarda bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarilyapti.

Tarixiy faktlarga nazar solsak, 2016 yili Toshkentda Vengriya elchixonasi ochilgan bo‘lsa, 2023 yildan boshlab Budapeshtda O‘zbekistonning elchixonasi faoliyat boshladi. 2021 yilda esa ikki davlat rahbarlari strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edilar. Navbatdagi uchrashuvlar O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Iqtisodiy sheriklikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti qator ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va tayyor mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash shular jumlasidan.

Tashrif davomida ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llari va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyoviy tovarlar, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, baliqchilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrifning kulminasion nuqtasi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Imzolangan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish uchun tegishli qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan boyitgan holda, o‘zaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi.

Muborak Naimova

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati

Slide 1 of 1