Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026 yil 27 fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi tuman hokimligi binosida bo'lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarbod tumani Kengashi deputatlari B.Hamraqulov hamda S.Jo'raevalar Zafarobod tumani Pistalikent ShFYda yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
Zafarobod tumani Yorqin mahallasida tuman Kengashi deputati Gʻayratjon Eshpulatov tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarbod tumani Kengashi deputatlari B.Hamraqulov hamda S.Jo'raevalar Zafarobod tumani Pistalikent ShFYda yoshlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining "Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Zafarobod tumani Birlik mahallasida targʻibot yigʻilishlari boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati I.Alimova ,,Birlik" QFY dagi xonadonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari yuzasidan targ'ibot ishlari olib bordi.
янв.21
Zafarobod tumanidagi mahallalarda deputatlar aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarni olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining "Аграр, қурилиш, коммунал соҳалар, экология, саноат ва транспорт масалалари бўйича" doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Xalqaro sertifikatga ega korxonalar soni 20 taga yetkaziladi

 27-may kuni Prezidentimiz raisligida mahalliy sanoatni
rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor
yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda davlatimiz rahbari bugungi tahlikali va
noaniqliklarga toʻla sharoitda har bir mamlakat, eng koʻp ish oʻrinlari
yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini koʻrayotganini alohida qayd etdi.  

Sanoat rivojlansa, butun iqtisodiy tizim taraqqiy etadi.
Yigʻilishda mahsulot turi va sifatini yaxshilash zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Viloyatimizda ham keyingi yillarda sanoatni barqaror rivojlantirishga alohida
eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Kitob tumanida “Qarshi konch sement” xorijiy
korxonasi tomonidan qiymati 15 million dollarlik issiqlik bugʻidan elektr
energiya ishlab chiqarish, togʻli Yakkabogʻ tumanida esa “Rus dost tekstil”
korxonasi tomonidan qiymati 10 million dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Qarshi shahrida esa “Alp texno servis”
korxonasi tomonidan qiymati 4 million dollarlik televizorlar ishlab chiqarish
loyihalari ishga tushirilgani xalqimizni behad mamnun etdi. Bugun viloyatimizda
qariyb 30 mingga yaqin tadbirkorlar turli yoʻnalishlarda faoliyat olib
bormoqda. Bu yil viloyatimizda qariyb 4 milliard dollardan ziyod xorijiy
investitsiyalarni oʻzlashtirish koʻzda tutilgan.  

 Yigʻilishda
viloyatimizdagi Qarshi, Mirishkor tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishda oʻsishga erishilib, aprel oyiga kelib sustkashlikka yoʻl qoʻyilgani
keskin tanqid qilindi. Biz deputatlari ayni paytda bundan tegishli xulosa
chiqarib, viloyat hokimligi bilan hamkorlikda mavjud tumanlardagi ahvolni
oʻrganishni boshladik. Tez kunda Qarshi va Mirishkor tumanlarida sanoatda
oʻsishga erishiladi. Buning barcha chora tadbirlarni koʻramiz.  

 Shuningdek, davlatimiz
rahbari tomonidan milliy brendlarni koʻpaytirishga eʼtibor qaratildi. Mebelsozlikni yanada rivojlantirish yoʻl-yoʻriqlari
koʻrsatib oʻtildi. Shu bilan birgalikda zargarlik sanoatida ishlatiladigan chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar
import bojidan ozod qilinishi taʼkidlandi. Prezidentimiz zargarlarni xom ashyo bilan taʼminlashda muammo
boʻlmasligini alohida qayt etib oʻtdilar. Shu yerda Prezidentimiz tadbirkorlar
bilan ham suhbatlashdilar.  

 Yigʻilishda Oʻzbekiston ichki bozorida 1
milliard dollarlik zargarlik buyumlarini sotish imkoni mavjudligi eʼtirof
etildi.  

 Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan
topshiriqqa asosan bu yil Qashqadaryoda xalqaro sertifikatga ega korxonalarni
20 taga yetkazish choralarini koʻramiz.
Buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli.  

Muhabbat Sharopova,

Oʻzbekiston
Qahramoni, xalq deputatlari

Qashqadaryo
viloyat Kengashi deputati