Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025-yil 29-oktyabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 22-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Bo'ston" MFYdagi 1-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, Yutuq kamchilik va muammolari o‘rganilib metodik yordamlar ko‘rsatildi.
янв.21
Joriy yilning 22-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Uzun" QFYdagi 2-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi,
янв.21
Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tuman maktabgacha va maktab ta’limi faoliyatini o‘rganish oldidan o‘zaro kelishib olindi
янв.21
Joriy yilning 21-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Pistalikent" ShFYdagi 12-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Joriy yilning 20-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Pistalikent" ShFYdagi 5-sonli oilaviy nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyati o’rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani kengashi deputati D. Chankaeva "Birlik" mahallasida joylashgan 13-maktabda bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati O‘.Dustova tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig'ilish o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X.Ismatov saylovchilar bilan uchrashuv o'kazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Hamraqulov Zafarobod tumanidagi 4 va 6-sonli maktablarning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi
Strategik hamkorlikning yangi sahifasi

Strategik hamkorlikning yangi sahifasiUchquduq 24 • 22 мая в 16:43

Joriy yilning 19–22-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya davlatlariga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolat beradi.

Bu tashrif, shubhasiz, faqat protokol darajasida qolmay, mazmunan boy va istiqbolli muloqotlarga boy boʻldi. Dastlabki kunlardanoq ikki tomonlama uchrashuvlar, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muzokaralar, hujjatlar imzolanishi – bularning barchasi Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning izchil rivojlanayotganidan guvohlik berdi.

Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muzokaralarda savdo-iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, innovatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, Vengriyaning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi tajribasi Oʻzbekiston uchun katta qiziqish uygʻotmoqda.

Prezident Mirziyoyevning tashrifi doirasida qator muhim hujjatlar – investitsiya bitimlari, hamkorlik memorandumlari va qoʻshma loyihalar boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Bu esa Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar uchun yanada qulay muhit yaratishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasidir.

Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi hamkorlik nafaqat siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan belgilanadi, balki bu munosabatlar chuqur tarixiy ildizlar, madaniy mushtaraklik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat asosida rivojlanmoqda.

Ikkala xalqning tarixiga nazar solsak, milliy urf-odatlarga, oilaviy qadriyatlarga, o‘z milliy o‘zligiga sadoqat bilan qarash ularni mushtarak jihatlarga boy qilganini ko‘ramiz. Oʻzbek xalqi uchun qandayki mehmondoʻstlik, kattalarga hurmat, milliy libos va sanʼat muqaddas boʻlsa, venger xalqi ham ana shunday qadriyatlarni asrab-avaylab kelmoqda.

Bu o‘xshashliklar faqat tarixiy-madaniy o‘tmishda emas, balki bugungi kunning diplomatik muloqotlarida, taʼlim almashinuvida, yoshlar va ziyolilar o‘rtasidagi hamkorlikda ham aks etmoqda. Budapeshtda oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari bunga yorqin misol boʻla oladi – bu nafaqat sanʼat namoyishi, balki ikki xalq qalbining yaqinligiga bo‘lgan ishonch ifodasidir.

Shunday qilib, Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi hamkorlik faqat siyosiy darajada emas, balki madaniyat, qadriyatlar va insoniylik negizida rivojlanayotgan doʻstlikdir. Bu mushtaraklik esa uzoq muddatli va bardavom aloqalarning mustahkam poydevoridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu rasmiy tashrifi nafaqat oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamladi, balki Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi. Bu esa yurtimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosatining yana bir amaliy tasdigʻidir.

Gulbaxar Allanova
 O‘zLiDep Uchquduq tuman kengashi deputati

 

Slide 1 of 1