Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025-yil 29-oktyabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Joriy yilning 22-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Bo'ston" MFYdagi 1-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, Yutuq kamchilik va muammolari o‘rganilib metodik yordamlar ko‘rsatildi.
янв.21
Joriy yilning 22-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Uzun" QFYdagi 2-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi,
янв.21
Zafarobod tumani Kengashi deputatlari tuman maktabgacha va maktab ta’limi faoliyatini o‘rganish oldidan o‘zaro kelishib olindi
янв.21
Joriy yilning 21-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Pistalikent" ShFYdagi 12-sonli davlat ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Joriy yilning 20-may kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputatlaridan hamda tuman tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruh a’zolari "Pistalikent" ShFYdagi 5-sonli oilaviy nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyati o’rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tumani kengashi deputati D. Chankaeva "Birlik" mahallasida joylashgan 13-maktabda bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati O‘.Dustova tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig'ilish o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X.Ismatov saylovchilar bilan uchrashuv o'kazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Hamraqulov Zafarobod tumanidagi 4 va 6-sonli maktablarning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi
CHINOZ TUMANI. SOG‘LOM VA BILIMLI AVLOD YANGI O‘ZBEKISTONNING KELAJAGI

“Dunyoda shunday ulug‘ insonlar borki, ularga ikki dunyo saodati tayin”, deydi dono xalqimiz. Avvalo, sog‘lom farzand tarbiyalagan ota-ona, keyin ulug‘ savob egalari qalb ko‘zlarini ochgan, dillarga ezgulik urug‘ini qadagan ustoz, muallimlardir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yilning 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig'ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodlarga bog‘liq ekanligi haqidagi ma’ruzalarini tinglab, o‘qituvchilik kasbimga bo‘lgan ixlosim yanada ortdi.

Oxirgi yetti yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani, ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilayotgani,darsliklar yangilanayotgani, maktablar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanayotgani Yangi O‘zbekistonimiz kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60000 o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘mdan maosh olyapti. Shunday ekan, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish, har bir darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tish mas’uliyati bor. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb qilishimiz, ularni turli xil zararli axborotlardan himoya qilishimiz kerak.

Taraqqiyotning odimlari ta’lim sohasi xodimlarini o‘z ustida ishlashga undaydi. Bir kun izlanishdan to‘xtagan pedagog zamondan ortda qoladi, desak mubolag'a bo‘lmaydi. Chunki yosh avlodning ongi juda tez o‘smoqda. Ular internet, ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda kechayotgan voqea-hodisalar, insoniyatni qiynayotgan muammolar, eng muhimi, dunyo ilm-fani yangiliklaridan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borishayotir. O‘z ustida ishlashdan, rivojlanishdan to‘xtagan muallim ularning savollari oldida noqulay ahvolga tushib qolishi hech gap emas. Demak, bugun biz har kuni, har soniya bilimlarimizni oshirish, mahoratlarimizni charxlash uchun harakatda bo‘lishimiz zarur. Har bir darsimizga yangilik olib kira olsakkina, bolalar bizni tinglaydi, fanimizga qiziqish bildiradi.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlarda internetdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish asosiy masalaga aylangan. Buning uchun uyga vazifani bajarish asnosida onlayn tarmoqdan foydalanishga chog‘langan o‘quvchilarga foydali, ta’limiy, ajdodlarimizning hayotlari va ijodlari, asarlari kiritib borilayotgan portallarni tavsiya etish lozim. Ulardan foydalanish ayni masalaga yechim bo‘ladi.
Prezidentimiz ta’kidlagan yana bir muhim jihatga e’tibor qaratib, bugungi yoshlar ma’naviyatiga axborot xurujlari avj olgan sharoitda biz ota-onalar va ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y yosh avlod tarbiyasida hushorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz lozim. Darhaqiqat,bu har bir ota-onaning, o‘qituvchining ertasini o‘ylaydigan xalqning yuragidagi gap. Barcha ustozlar buni chuqur his etib, ta’lim-tarbiya jarayonida hech bir jihatni ko‘zdan qochirmasligimiz, ustoz degan ulug‘ nomga munosib bo‘lishimiz zarur.

Biz pedagoglar Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarga labbay deb javob berib, o‘z ustimizda muntazam ishlashimiz, ko‘nikmalarimizni oshirishimiz, Yangi O‘zbekistonning sog‘lom, bilimli, vatanparvar yoshlarini tarbiyalash uchun bor kuch va shijoatimizni ishga solishimiz kerak.


Ra'no FOZILOVA,
O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi,
Chinoz tuman Kengashi deputati. 

Slide 1 of 1