Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
”OTCHOPAR-2”MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI SUV TARMOQLARINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
“YUNUSOBOD-MAXSUTRANS” ATFNING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YAKUNLARI
янв.21
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMINING 2026-YIL 1-YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI YAKUNLARI
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI

📌 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga Olmazor tumani Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Qo‘ldoshev Xolmirza Xusanovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi yuzasidan axborot taqdim etildi.

🔹 Mazkur Farmonning 10-bandi «g» xatboshisida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan tegishli vakillik organlariga tahliliy axborotlar kiritish vazifasi belgilangan.

📊 Taqdim etilgan axborotda 2026-yilning dastlabki 9 oyi davomida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritildi.

🔹 Shuningdek, tuman davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullar, murojaatlar bilan ishlash jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

📍 Mazkur axborot aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik va mas’uliyatni ta’minlash masalalarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 4