Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
”OTCHOPAR-2”MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI SUV TARMOQLARINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
“YUNUSOBOD-MAXSUTRANS” ATFNING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YAKUNLARI
янв.21
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMINING 2026-YIL 1-YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI YAKUNLARI
SESSIYADA TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2026-YIL I YARIM YILLIK FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

SESSIYADA TUMAN ADLIYA BO‘LIMINING 2026-YIL I YARIM YILLIK FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI

⚖️ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 35-sessiyasida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Z. Safarovning 2026-yilning birinchi olti oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

🌐Axborotda aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonuniylikni ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda huquqiy targ‘ibot samaradorligini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bayon etildi.

📊 Hisobot davrining asosiy ko‘rsatkichlari:

💎 197 ta murojaat kelib tushgan, shundan 144 tasi qanoatlantirilgan, 41 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan. Sayyor va shaxsiy qabullarda 141 ta murojaat qabul qilingan.

💎 21 ta o‘rganish va monitoring o‘tkazilib, 1 554 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.

🌐 Qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 55 ta taqdimnoma va 18 ta ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritilgan.
💎 109 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qonuniy egalariga qaytarilgan. Sudlarga kiritilgan 473 mln so‘mlik da’vo arizalari to‘liq qanoatlantirilgan.

💎 Huquqiy targ‘ibot: aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari va joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.

💎 Yuridik xizmat: davlat organlari va tashkilotlaridan kelib tushgan 38 441 ta hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun ko‘rib chiqilgan. Qonunchilikka zid yoki kamchiliklari mavjud hujjatlarni qabul qilishning oldini olish choralari ko‘rilgan.

💎 Davlat xizmatlari: fuqarolar va yuridik shaxslarga 25 183 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.

🌐 Shuningdek, 5 352 ta xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilgan hamda 1 484 ta tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

💎 FHDYО sohasi: tuman FHDYO bo‘limlari tomonidan tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish va o‘lim holatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan.
🔎 Sessiyada ko‘tarilgan masalalarning ahamiyati — qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish va davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.

📍 Mazkur axborot tuman adliya organlari faoliyatining natijalarini sarhisob qilish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️