Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
”OTCHOPAR-2”MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI SUV TARMOQLARINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
“YUNUSOBOD-MAXSUTRANS” ATFNING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YAKUNLARI
янв.21
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMINING 2026-YIL 1-YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI YAKUNLARI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-«Gulzor» saylov okrugi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berdi. Uchrashuvda «Gulzor» va «Ibrohim ota» mahallalari faollari hamda 16-sonli umumta’lim maktabi vakillari ishtirok etdi.

➡️ Deputatlik faoliyati sarhisobi:
🔹Hisobot davomida deputat joriy yilning III choragi mobaynida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 6 ta sessiyasi va 5 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etgani, tuman hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslar bilan qatnashgani haqida ma’lumot berdi.

🔹Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida kommunal infratuzilma, ekologik holat, hujjatlashtirish va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilgani ta’kidlandi.

🔹 Muloqot davomida deputat davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berib, Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

🔹Shu bilan birga, deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchasi ta’mirlandi. «Gulzor» mahallasidagi Chuqursoy 5-tor ko‘chasi, 70-B-sonli ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari deputat hisobidan amalga oshirildi. Mazkur ishlar bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish muhitini yaratishga qaratilganligi qayd etildi.
🗣 Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va savollarini bildirdilar. Deputat tomonidan berilgan savollarga javob qaytarilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Deputat saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, ularning manfaatlarini ifoda etish hamda hududdagi dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishini bildirdi.
Slide 1 of 5