Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: MAHALLA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA INVESTITSIYA, EKSPORT VA XALQARO HAMKORLIK YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAJBURIY IJRO BYUROSI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
”OTCHOPAR-2”MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI SUV TARMOQLARINING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
“YUNUSOBOD-MAXSUTRANS” ATFNING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YAKUNLARI
янв.21
“QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI YOSHLAR ISHLARI BO‘LIMINING 2026-YIL 1-YARIM YILLIKDAGI FAOLIYATI YAKUNLARI
HUDUDNING ICHKI IMKONIYATLARINI SAFARBAR ETISH VA YANGI IQTISODIY IMKONIYATLARNI YARATISH BO‘YICHA “YO‘L XARITASI” ISHLAB CHIQILDI

 HUDUDNING ICHKI IMKONIYATLARINI SAFARBAR ETISH VA YANGI IQTISODIY IMKONIYATLARNI YARATISH BO‘YICHA “YO‘L XARITASI” ISHLAB CHIQILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 35-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-175-son Farmoni 3-ilovasi 57-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududning ichki imkoniyatlarini to‘liq safarbar etish, qo‘shilgan qiymat yaratish, turizm, kreativ industriya va agrosanoat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

📊 Yo‘l xaritasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:
💎 Hududning ichki resurslarini safarbar qilish — mahallabay “drayver” loyihalarni aniqlash, xomashyo bazasi, bo‘sh yer va binolarni xatlovdan o‘tkazish, sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish.

💎 Turizm va kreativ industriyani rivojlantirish — ekoturizm va agroturizm yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va ijodkorlar uchun “Kreativ makon” markazini tashkil etish, milliy hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari klasterini shakllantirish.

💎 Agrosanoat va eksport salohiyatini oshirish — meva-sabzavot mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, hududiy agrobrend yaratish, zamonaviy saralash, qadoqlash va saqlash quvvatlarini kengaytirish.

💎 Deputatlik nazorati va samaradorlik — har chorak yakunida mas’ul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar, yaratilgan yangi ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlarini Kengash sessiyalarida eshitib borish.

✅ Asosiy maqsad — hududning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish.

📍 Belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy deputatlik nazorati olib boriladi. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️