Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda

#Kengash_sessiyalariga_oid

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida Payariq tumanidagi Darvishiq, Qirqovul va O‘ymovut mahallalari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

O'ymovut mahallasining kirish qismidan boshlab, asosiy yo'lga asfalt qoplamasini yotqizishga start berildi. Ish esa qizg'in pallaga kirgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mahallalar qiyofasini yanada obod qilish hamda aholi uchun munosib yashash muhitini shakllantirish maqsadida bajarilmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1