Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
#Biriktirilgan_tashkilot #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_va_hokim o‘rinbosari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Senat tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Bo‘ston” mahallasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli turar joy binosi qurilishi sifat va xavfsizlik talablariga mosligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich, tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Mo‘minov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etishdi.

📌 O‘rganishlar davomida:

Qurilish sifati va xavfsizlik: Yangi ko‘p qavatli bino fasadi, tashqi pardozlash ishlari va qurilish obyektida texnika xavfsizligiga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Pod’yezdlar va ichki yo‘laklar holati: Bino ichki qismidagi zinalar, qavatlararo yo‘laklar (pod’yezdlar), xonadonlarning joylashuv va pardozlash ishlari sifati atroflicha o‘rganildi.

Qurilish ashyolari va muddatlar: Ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari mutasaddilar bilan muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini sifatli va xavfsiz yakunlash yuzasidan mas’ul pudrat tashkiloti va quruvchilarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7