Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA

 MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 117-sonli “Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish rejalashtirildi.
📄 Shu munosabat bilan, 2026-yil 14-oktabr kuni doimiy komissiya raisi Nodir Dusmuratov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari S. Hamrayevga 91-kx-487-26-sonli rasmiy xat yuborildi.
🔎 O‘rganish doirasida:
🔹 Qarorda belgilangan vazifalarning tumanda bajarilishi;
🔹 Mahalla institutining samarali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 Erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar;
🔹 Mahallalar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar holati tahlil qilinadi.
📑 Mas’ul tashkilotdan qaror ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumotlar, tegishli hisobotlar va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish hamda o‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar ishtirokini ta’minlash so‘raldi.
🎯 Maqsad — mahalla institutining faoliyatini tizimli tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
O‘rganish natijalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilinadi va tegishli xulosalar asosida deputatlik nazorati choralari belgilanadi.