Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI

 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.
📝 Yig‘ilish kun tartibidan Pastdarg‘om tumani aholisidan 2026-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘g‘risidagi masala o‘rin oldi.
📊 Mazkur masala yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi mudiri D. Mamatqulovning axboroti tinglanib, murojaatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎 Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tahlil qilish va aholi murojaatlarining qonuniy, xolis hamda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa sifatida belgilandi.
✅ Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, ularning muammolarini joyida hal etish va xalq bilan muloqot samaradorligini oshirish.

Slide 1 of 2