Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanida deputat B.Yo‘ldoshev Kadastr filialida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi

Bandixon tumanida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida ochiqlikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish hamda korrupsion xavflarning oldini olish borasida tizimli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi komissiya a’zosi B.Yo‘ldoshev Davlat kadastrlari palatasi Bandixon tumani filialida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni yuzasidan davra suhbati tashkil etdi.

Uchrashuv davomida kadastr sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatishda shaffoflik va xolislik prinsiplariga tayanish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish masalalari tushuntirildi.

Tadbir yakunida mutaxassislarga xizmat faoliyatida odob-axloq qoidalariga rioya etish va har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1