Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI

DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati M. Xo‘jiyeva Namangan shahar Kengashi kotibiyatiga tashrif buyurib, o‘zining deputatlik faoliyatiga oid yig‘ma jildlari va hujjatlarini o‘rgandi hamda ularni tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdi.

Jarayon davomida deputatning 2026-yil uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylov okrugidagi mahallalarda amalga oshirgan ishlari, saylovchilar bilan uchrashuvlari, aholi oldida berilgan axborotlari hamda deputatlik faoliyatiga doir boshqa hujjatlar ko‘rib chiqildi. Mavjud hujjatlar tizimlashtirilib, yig‘ma jildlar belgilangan tartibda shakllantirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirilib, saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar deputatlik faoliyatiga oid hujjatlarni tartibli yuritish, amalga oshirilgan ishlarni tizimli qayd etish hamda saylovchilar oldidagi hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 8