O‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini yanada oshirishga qaratilgan ishlar olib borildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova tomonidan 343-sonli umumta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Jarayonda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi bilan yashashga, bilimli, faol va mas’uliyatli bo‘lishga undash, ularning qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.