Doimiy komissiya yig‘ilishi davomida komissiya a’zosi E.Babayev tomonidan Obod MFY Xalqobot ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar yonidagi umumiy hojatxonalarni ta’mirlash masalasi yuzasidan munosabat bildirildi.
E.Babayevning munosabati:
Obod MFY Xalqobot ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar yonida joylashgan umumiy hojatxonalarni ta’mirlash masalasi bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Deputat M.Ismoilxo‘jayeva bilan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ham fuqarolar tomonidan ushbu masala ko‘p bor ko‘tarilgan. Shu sababli mazkur muammoni hal etish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash hamda aholi uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.