Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
BALANDCHAQIR MAHALLASIDA TIKUVCHILIK ORQALI DAROMAD TOPAYOTGAN FUQARO FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati E. Qobulov Balandchaqir mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi bilan tanishdi. Tashrif davomida fuqaroning tikuvchilik faoliyati orqali o‘zini o‘zi band qilgani, mehnati evaziga daromad topayotgani hamda faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Tikuvchilik kabi hunarmandchilik yo‘nalishlari fuqarolarning kasbiy mahoratini daromad manbaiga aylantirish, oilaviy budjetni mustahkamlash va aholi bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Mahallada tadbirkorlikka qiziqishni oshirish va boshqa insonlarni ham daromadli faoliyatga undashda ahamiyatlidir.

Deputat faoliyat bilan tanishish jarayonida tikuvchilik ishlarini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va daromadni oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar orqali barqaror daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahallada tadbirkorlik muhitini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Maqsad — fuqarolarning mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘zini o‘zi band qilishni rag‘batlantirish va oilalar farovonligini oshirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 2