Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli #162_qonun “Ma’rifat” mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov o‘z saylov okrugiga qarashli “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan, asosan, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, ijtimoiy yordam olish hamda mavjud ehtiyojlarni hal etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari va unda belgilangan tegishli qoidalar yuzasidan huquqiy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish huquqlari, mavjud imkoniyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qonuniy asosda hal etish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati davom etadi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish hamda qonunchilik doirasida yechim topishga ko‘maklashish orqali mahalladagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.