Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Qishning sovuq kunlarida ta’lim jarayonining uzluksiz davom etishi, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish, avvalo, mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Isitish tizimining sozligi, ko‘mir zaxirasining yetarliligi hamda maktab hududining obodligi ta’lim muassasasida xavfsiz va qulay muhitni ta’minlashning muhim shartlaridandir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktab qozonxonasining holati, isitish tizimining mavsumga tayyorligi, ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi va undan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, sovuq kunlarda sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarida me’yoriy haroratni ta’minlash, isitish uskunalarining xavfsiz ishlashini nazorat qilish muhimligi qayd etildi.

Maktab hududining obodonligi, tozalikni saqlash, yashil maydonlarni tartibga keltirish va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish masalalari ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni belgilangan talablar asosida tashkil etish, qozonxona va isitish tizimining texnik holatini muntazam nazorat qilish, ko‘mir zaxirasini hisobga olish hamda maktab hududida obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mas’ul xodimlarning vazifalarini aniq belgilash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

Maqsad — qish mavsumida ham ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun iliq, xavfsiz hamda ozoda muhit yaratish.

Slide 1 of 2