Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “12-Xo‘ja-Xasan” saylov okrugidan
saylangan deputati S.Bo‘rieyva Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida
saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
 

Xususan, deputat tomonidan 2026-yilning uchinchi choragida saylov okrugi
hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash,
ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish
borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
 

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari, ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlar hamda aholi turmush sharoitini
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berilib,
saylovchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
 

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarning
holatini yaxshilash, elektr ta’minoti va boshqa masalalar yuzasidan taklif
hamda murojaatlar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda qayd
etilib, ularning yechimi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish va ijrosini
deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.
  

Slide 1 of 2