Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

 Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. To‘ychiyeva tomonidan Yangiqishloq mahallasida yoshlar yetakchisi Bozorova Manzuraning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar muammolarini aniqlash va hal etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan keng foydalanish hamda yoshlarning murojaat va takliflariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar masalalari doimo e’tibor markazida bo‘lib, muntazam o‘rganib boriladi.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️