Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Nurobod shahrida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

#24_ta_masala
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda istiqboldagi rejalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori ijrosi doirasida Nurobod shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, shaharda barpo etilayotgan markaziy o‘yingoh, amfiteatr hamda bolalar o‘yingohi qurilishi bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish davomida mazkur obyektlarda qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalar ijrosi, yaratilayotgan infratuzilmaning sifati va kelgusida foydalanishga topshirilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ushbu obyektlarning aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratiladigan imkoniyatlari, aholining mazmunli hordiq chiqarishi, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Markaziy o‘yingoh va amfiteatrning barpo etilishi tumanda sport va madaniy tadbirlarni rivojlantirish, aholining jismoniy faolligini oshirish hamda ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Bolalar o‘yingohi esa yosh avlodning xavfsiz va mazmunli hordiq chiqarishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Tashrif davomida mas’ullar bilan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish hamda yaratilayotgan obyektlardan kelgusida samarali foydalanishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur bunyodkorlik ishlari Nurobod shahrining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6