#deputat_nazorati
#deputat_va_yoshlar
DEPUTAT VA YOSHLAR: “KELAJAK KASBLARI” TANLOVI
Yoshlar kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Paxtakor tumani bo‘limi hamda Paxtakor tumani hokimligi hamkorligida INNOmarkazda “Kelajak kasblari” tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda tuman Kengashi deputati A.Isaqulov ham yoshlarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi va yoshlarni tanlovga jalb etishda ishtirok etdi.
Tanlov doirasida yoshlar veb-sayt yaratish, mobilografiya va grafik dizayn yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, ijodiy salohiyatlarini namoyon etdilar.