Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
Gumbaz mahallasida oilaning ijtimoiy holati o‘rganildi

🏛 Gumbaz mahallasida oilaning ijtimoiy holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tuman Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Gumbaz mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔎 O‘rganish davomida Abdunazarova Dildora xonadonida bo‘lib, oilani kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini shakllantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

🏠 Shuningdek, xonadonning yashash sharoiti, sanitariya holati, uy-joyni saqlash madaniyati hamda tomorqadan samarali foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

🏥 Oila a’zolarining tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari ham o‘rganilib, mavjud muammolarni aniqlashga alohida e’tibor berildi.

🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilaning daromad manbalarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.   

Slide 1 of 1