Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi

🔰Xotin-qizlar faoli faoliyati va muammolari o‘rganildi

🌏Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Zangi” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollarni tegishli tizimlar orqali qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🌏Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda daromad manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
🌏O‘rganish jarayonida mavjud muammolar, xotin-qizlarning murojaatlari va takliflari ham o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondashish va muammolarni mahallaning o‘zida hal etish muhimligi ta’kidlandi.
🌏Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilandi.
👉Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5