Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi

🔰Yoshlar – intellektual salohiyat va tashabbuslar tayanchi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Muzaffarova tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni ijrosini tumanda ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati va bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot-tashkiliy tadbir o‘tkazildi.
🔹Tadbir Jamiyat MFY hududidagi 39-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
🔹Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan bellashuvda yoshlar o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoa bilan ishlash borasidagi qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🔹Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, iqtidorli va faol yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 5