Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan


Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining o‘z saylov okruglarida
aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududdagi mavjud muammolarni joyida
o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etishga
qaratilgan ishlari davom etmoqda.



Navbatdagi o‘rganish ishlari 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugida o‘tkazildi.



Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
a’zosi, ekspert guruhi a’zosi, 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev
hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan
“Temiryo‘lchi” mahallasida ko‘cha va xonadonlar kesimida o‘rganish ishlari olib
borildi.



O‘rganish davomida, avvalo, aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini
yaratish masalasiga e’tibor qaratildi. Jumladan, hududdagi eskirgan va avariya
holatiga kelib qolgan paxsa devorlar, ularning aholi xavfsizligiga ta’siri,
mahalla ichki yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi vaqtda yetarli darajada
yoritilishi kabi masalalar ko‘zdan kechirildi.



Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati xonadonma-xonadon yurib
o‘rganildi. Aholi bilan suhbatlar davomida
mavsumni betalafot o‘tkazish uchun mavjud shart-sharoitlar, aniqlangan
muammolar va fuqarolarning takliflari tinglandi.



O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikda bartaraf etilishi yuzasidan aniq choralar belgilandi. Jumladan,
mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali mavjud muammolarni
qonuniy tartibda hal etish choralari ko‘rilishi belgilandi.



Muhimi, deputatning saylov okrugidagi faoliyati ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganish
jurnali asosida qayd etib borilmoqda. Bu esa deputatlik nazorati ishlari
muntazam va tizimli ravishda amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.



Deputatlik nazorati — faqat muammoni aniqlash emas, balki uning yechimini
topish va ijrosini nazorat qilishdir.
  

Slide 1 of 3