Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Pedagogning huquq va qonuniy manfaatlari — doimiy e’tiborda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherzod Abdusamatov tomonidan “Bobolochin” mahallasida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonuni ijrosi o‘rganildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida pedagog xodimlarning o‘z kasbiy vazifalarini samarali amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgani, ularning huquqlarini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, Qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

🔹 Pedagogni qo‘llab-quvvatlash — ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Zero, o‘qituvchining huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilingan, uning kasbiy salohiyatini namoyon etishi uchun munosib sharoit yaratilgan ta’lim muassasasida sifatli ta’lim va tarbiya uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosini o‘rganish va fuqarolar, jumladan, pedagoglarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 2