Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
📌 DEPUTATLAR MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI
Tadbir davomida “Dug‘oba” MFY mahalla yettiligi a’zolarining amalga oshirgan ishlari, faoliyat natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan axborotlari eshitildi.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputatlar A.Oripov va Yu.Qurbaniyazovlar saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 8