Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi S.Ortiqboyevning faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔵O‘rganish davomida aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔵Shuningdek, mahallada “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holati ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, reyestrda jami 43 ta oila mavjud bo‘lib, ularning 14 tasi davlat ta’minotidagi, 24 tasi kambag‘al hamda 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar toifasiga kiritilgan.

🔵Deputat tomonidan reyestrga kiritilgan oilalarning har biri bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini muntazam o‘rganib borish va mavjud muammolarini manzilli hal etish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lgan oilalarni daromadli mehnatga jalb etish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishga ko‘maklashish zarurligi qayd etildi.

🔵O‘rganish yakunida deputat tomonidan hokim yordamchisiga aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromadini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish, “Ijtimoiy himoya reyestri”dagi har bir oila bilan manzilli ishlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1