O'zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug'bek tumani partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov tashabbusi bilan tumandagi "Ahmad Yugnakiy" mahallasida tozalik aksiyasi tashkil etildi.
Unda mahallaga hizmat ko'rsatuvchi "YUGNAKIY SERVICE" boshqaruv servis kompaniyasi raxbariyati va hodimlari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Aksiya davomida mahalla hududidagi daraxtlar butalandi, ichki yo'llar va uylarning kirish qismlarida, lotoklardagi chiqindilar tozalanib hudud obod holga keltirildi.