Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING HISOBOTLARINI ESHITISH TARTIBI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “AHILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Kengash kotibiyati – samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
“FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
YURTOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ADOLAT” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQOROLAR QABULI O‘TKAZILDI
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida mas’ullar biriktirildi.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Abduraxmonovich Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasasining:

Isitish tizimi va qozonxonalar holati;

Qishki yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;

Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan boshqa ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini talab darajasida o‘tkazish yuzasidan taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7