Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING HISOBOTLARINI ESHITISH TARTIBI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “AHILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Kengash kotibiyati – samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
“FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
YURTOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ADOLAT” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI FUQOROLAR QABULI O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Parkent tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari F. Axmatxonovga 45-ds-485-26-son deputat so‘rovi yuborilgan edi.
📌 Deputat so‘rovida saylovchilar bilan uchrashuvlar va hudud faollari bilan suhbatlar davomida aniqlangan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.
📌 Xususan, Navro‘z MFY hududidagi Sho‘rob ko‘chasida joylashgan, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilar foydalanadigan piyodalar yo‘lakchasi yaqinidagi piyodalar o‘tish joyida yo‘l chiziqlarini yangilash masalasiga e’tibor qaratilgan.
📌 Mazkur hududdan 10-sonli va 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnovchi bolalar muntazam foydalanishi sababli yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan.
📌 Deputat so‘roviga Parkent tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
📌 Javobda Navro‘z MFY hududidan o‘tuvchi 10V157 “Yoshlik q. – Navbahor q. – Qiziltog‘ q. – Parkent” avtomobil yo‘lining 11–12-kilometr oralig‘ida piyodalar o‘tish joyining yo‘l chiziqlari mavjudligi, biroq eskirgan yo‘l chiziqlari qayta chizilishi belgilanganligi ma’lum qilingan.
📌 Korxona tomonidan eskirgan piyodalar o‘tish joyi yo‘l chiziqlari 15 kun muddatda qayta chizilishi bildirildi.
📌 Mazkur choralarning amalga oshirilishi, avvalo, aholi, maktab o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅ Deputat so‘rovlarining amaliy natijaga yo‘naltirilishi hududlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1