🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 12-Arbob saylov okrugidan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati Nurjanova Matluba Odamboevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Arbob mahallasi raisi va ijtimoiy xodim bilan birgalikda mahalladagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan 20 million 600 ming so‘m mablag‘ evaziga xonadonni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani hamda bajarilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
🏠 O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarining sifati va oilaning mavjud sharoiti ko‘rib chiqildi.