Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
#sessiya
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
mazkur topshiriqlar ijrosini Namangan shahrida tizimli va samarali tashkil etish maqsadida shahar shtabi tuzildi. Shtabga Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov rahbarlik qiladi.

mazkur topshiriqlar ijrosini Namangan shahrida tizimli va samarali tashkil etish maqsadida shahar shtabi tuzildi. Shtabga Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov rahbarlik qiladi.

Shtab tarkibidan “mahalla yettiligi”ning shahar bo‘yicha mas’ullari, shaharga biriktirilgan banklar rahbarlari hamda shahar hokimining tegishli o‘rinbosarlari o‘rin olgan.

Shtabning asosiy vazifasi — “Kambag‘al oila” reyestriga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko‘paytirishga ko‘maklashishdan iborat.

Bunda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni, avvalo, ularning qiziqishi, qobiliyati va salohiyatiga mos yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish, shundan so‘ng ularga imtiyozli kreditlar ajratish orqali mustaqil va barqaror daromad manbasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bugun mazkur shtabning ilk yig‘ilishi o‘tkazilib, unda belgilangan vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning amaliy yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida har bir mas’ulga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilib, topshiriqlar ijrosini manzilli va samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish jarayonida har bir oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holatini chuqur o‘rganish, mavjud imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni barqaror daromad manbaiga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Endilikda har bir oila bilan individual ishlash, mavjud muammolarga manzilli yechim topish, fuqarolarning imkoniyat va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish shtab faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo‘ladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 4