Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
#sessiya
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
“Ariq bo‘yi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari “Ariq bo‘yi” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga qaratildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov tomonidan mahallada mahallabay va xonadonbay o‘rganish ishlari tashkil etildi. Jarayon davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari hamda ularni hal etish imkoniyatlari xonadonlar kesimida ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganishlar davomida har bir oila va fuqaroning imkoniyati, qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqib, aniq vazifalar belgilandi. Jumladan, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatini rivojlantirish orqali oilalar daromadini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Shuningdek, mahalla hududida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning faoliyati ham o‘rganilib, ularning ish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rejalariga e’tibor qaratildi.

Xonadonbay o‘rganishlar davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshi ulug‘ insonlarning holidan ham xabar olinib, ularning murojaat va ehtiyojlari tinglandi.

Bunday o‘rganishlarning muhim jihati shundaki, mavjud muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanmay, ularni xonadonning real imkoniyatlaridan kelib chiqib hal etish, aholini daromadli mehnatga jalb qilish va oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar belgilanmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7