Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
#sessiya
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
Bobur bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda

Bobur bog‘i yangi qiyofa kasb etmoqda

Namangan shahridagi “Sharq tongi” mahallasida joylashgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i “Zarbdor tajribasi” asosida zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda.

Umumiy maydoni 16 gektar bo‘lgan bog‘ni rekonstruksiya qilish uchun 3,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Loyiha doirasida bog‘ hududini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tungi yoritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, hududga 300 dona dekorativ bog‘ chiroqlari, daraxtlar va yashil hududlarni yoritish uchun 250 dona spot-chiroqlar o‘rnatilishi, kirish qismida zamonaviy darvoza arkalari va bezak elementlari barpo etilishi, shuningdek, ochiq sahna hamda tadbirlar maydonchasini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Mazkur qurilish va obodonlashtirish ishlari “CHELSI QURILISH DIZAYN” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov bog‘ hududida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonining borishi hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bog‘da o‘tkaziladigan bayram tadbirlari vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlash, tashrif buyuruvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yangilanayotgan Bobur bog‘i shaharliklar va mehmonlar uchun zamonaviy, obod va ko‘rkam madaniyat hamda istirohat maskaniga aylanishi ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 5