Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Mahalliy Kengash deputati kim?

Mahalliy Kengash deputati — xalq deputatlari viloyat, tuman yoki shahar Kengashiga saylangan va tegishli saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.

Deputat saylovchilar manfaatlarini ifoda etadi, Kengash ishida ishtirok etadi va tegishli hududni rivojlantirishga doir masalalarni hal etishga ko‘maklashadi. Uning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati kafolatlari qonun bilan belgilanadi.

Deputat qanday huquqlarga ega?
Deputat:
Kengash sessiyalari va o‘zi a’zo bo‘lgan komissiyalar majlislarida ishtirok etish;
ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha fikr bildirish va ovoz berish;
masalalar, qaror loyihalari, taklif va tuzatishlar kiritish;
mansabdor shaxslarning hisobot va axborotlarini eshitishni taklif qilish;
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur ma’lumotlar olish;
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish;
fuqarolar huquqlari yoki qonunchilik buzilgan hollarda vakolatli organlarga chora ko‘rish talabi bilan murojaat qilish huquqiga ega.

❗️Deputat o‘z vakolatlarini shaxsan amalga oshiradi va ovoz berish huquqini boshqa shaxsga topshirishi mumkin emas.

Slide 1 of 1