Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Sardoba tumani Kengashi kotibyati bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov tomonidan “Biz dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshimiz” loyihasi doirasida Tuman tibbiyot birlashmasi Do‘stlik mahallasida joylashgan moddiy-texnik bazasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bosh hamshira bilan birgalikda tibbiy muassasaning mavjud jihozlari, mebel va boshqa zarur shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda muassasada stol-stullar yetishmasligi, qo‘shimcha va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur kamchiliklar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirish va tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni yaratish nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam so‘rash hamda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularda zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3