Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Otabek Jiyanboyev va Ulug‘bek Ziyodullayev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yo‘limizga mayoq bo‘ling, aziz ustoz!” nomli bayram tadbirida ishtirok etdilar.

💐 Tadbir sharafli va mas’uliyatli kasb egalariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash maqsadida tashkil etildi.

🔺 Unda xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, soha mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📚 Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodga puxta bilim va munosib tarbiya berish, ularni ma’naviy yetuk, vatanparvar va yuksak fuqarolik mas’uliyatiga ega insonlar etib voyaga yetkazishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

👨‍🏫 Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlarning hayot yo‘lini belgilash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishda muhim o‘rin tutadigan murabbiydir. Shu bois ustozlarga ko‘rsatilayotgan ehtirom — kelajak avlod kamolotiga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.

📉 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning ma’naviy kamoloti hamda bilim va kasb-hunarga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari bilan hamohangdir.

🔎 Bayram tadbirida ta’lim-tarbiya sohasida ko‘p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib, yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustoz va murabbiylarning faoliyati e’tirof etilib, ular munosib taqdirlandi.

✨ Otabek Jiyanboyev va Ulug‘bek Ziyodullayev ustoz va murabbiylarga hurmat bildirib, ularning yosh avlod kelajagini bunyod etish yo‘lidagi sharafli mehnati jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

♻️ Ustozga ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajakka ehtiromdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10