Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Yoshlar manfaatlari yo‘lida muhim tashabbuslar muhokama qilindi

Yig‘ilishda yoshlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularning muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish, shuningdek, yoshlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Dastlab, Yoshlar maslahat guruhi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etiladigan ma’lumotlarning holati hamda tuman mahallalarida xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda yoshlar muammolarini o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash borasidagi faoliyat tahlil qilindi.
Mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhining 2026-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi. Hisobotlar asosida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yoshlar maslahat guruhi yoshlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va munosib yechim topish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2