Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Mahallada obodonlashtirish ishlari va jinoyatchilikni oldini olish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tumanning “Qoronqul” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Muslimova bilan aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mahallalarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.

🔺Suhbat davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, umumiy foydalanish joylari, ko‘cha va yo‘laklarning sanitariya holati, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda hududda tozalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mahalla hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, mahallada jinoyatchilik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla raisi bilan suhbat jarayonida hududda sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabab va omillari hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔺Ma’lum qilinishicha, mahalla hududida o‘g‘irlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan tegishli tartibda profilaktik ishlar olib borilayotgani, aholi o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni mulk daxlsizligi va internet hamda telefon orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan firibgarlik holatlaridan ogohlantirish muhimligi qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan jinoyatchilikning oldini olishda mahalla raisi, profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganuv yakunida hududni obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahallada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1