Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI RAHBARLARINING HISOBOTLARINI ESHITISH TARTIBI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN “AHILOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Kengash kotibiyati – samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATILDI
янв.21
“FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
YURTOBOD” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ADOLAT” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
#ish_reja #yunusobod_deputatlari
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 25-Mustaqillik saylov okrugi deputati A.Karimov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan Mustaqillik MFY hududida joylashgan 55-oilaviy poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolarga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi va aholiga yetkazib berilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Dori vositalarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarni belgilangan imtiyozlar asosida ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda dori-darmonlarni belgilangan tartibda berilishi bilan bog‘liq jarayonlar ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2