Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Kiberjinoyatlarning oldini olish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish masalalari o‘rganildi

 Kiberjinoyatlarning oldini olish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 645-sonli “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Bobomurodov ishtirokida Toshkent davlat tibbiyot akademiyasida Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i, polkovnik I.I.Xasanov tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi hamda kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

👥 Tadbirda 350 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning dastlabki qismida tuman IIO FMB boshlig‘i tomonidan yoshlar o‘rtasida internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik va boshqa zamonaviy kibertahdidlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, tadbirning keyingi qismi ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman IIO FMB boshlig‘iga murojaat qildilar. Savollarga tegishli tartibda javob va tavsiyalar berildi.

📌 O‘rganish davomida yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha huquqiy va amaliy bilimlarini oshirish, kibertahdidlar haqida xabardorligini kuchaytirish hamda profilaktik targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5