Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

Machay mahallasida asfaltlash ishlari o‘rganildi

🏘️ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 25-“Machay” saylov okrugidan saylangan deputati H.Eshonqulov tomonidan Machay mahallasida amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

📄 Mazkur ishlar xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorning 2-ilovasida “O‘rta Machay” MFY uchun jami 3 mlrd so‘mlik loyihalar belgilangan.

🛣 Qarorga muvofiq, “O‘rta Machay” MFYda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘nalishida 3,1 km masofada asfalt yotqizish ishlari belgilangan bo‘lib, loyiha qiymati 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

👷‍♂️ O‘rganish davomida asfaltlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamasining sifatli bajarilishi, belgilangan hajm va talablarga rioya etilishi hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan loyiha talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 Maqsad — Machay mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi va tadbirkorlar uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda belgilangan loyihalar ijrosini ta’minlash.

Slide 1 of 4