Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
“Lola” mahallasida obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda

“Lola” mahallasida obodonlashtirish ishlari yangi bosqichda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov “Lola” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ma’lumki, avvalroq mahalla ichki ko‘chalarida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida asfaltlash ishlari bajarilgan edi. Ayni paytda esa mahalla ahli hashar yo‘li bilan asfalt yo‘llarning chet qismlarini betonlash hamda hududni yanada obod va tartibli ko‘rinishga keltirish ishlarini davom ettirmoqda.

Fuqarolar bilan muloqot davomida hududdagi bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, betonlash ishlari yakunlangach esa mahallaning har bir ko‘chasiga turli kompozitsiyalarda gullar ekib, yanada fayzli va ko‘rkam muhit yaratish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 

Slide 1 of 3