Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
«Obod mahalla» loyihasi doirasida «Jiydali» mahallasida rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi

«Obod mahalla» loyihasi doirasida «Jiydali» mahallasida rejalashtirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi 1-Shifokorlar saylov okrugi deputati, Olmazor tumani hokimi Qudratilla Tulyaganov mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda «Obod mahalla» loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida «Jiydali» mahallasida bo‘ldi.

📍 Tashrif davomida mahalla hududining mavjud holati o‘rganilib, aholiga qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda obodonlashtirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

🛣 Jumladan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish va yangilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Mas’ul mutasaddilarga belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda amalga oshiriladigan ishlarning aholi manfaatlariga xizmat qilishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🌿 «Obod mahalla» loyihasining asosiy maqsadi — mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

Slide 1 of 5