Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan Yangiobod tuman Yoshlar ishlari bo‘limida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tumandagi yoshlar, ayniqsa ishsiz va kasb-hunar egallashga ehtiyoji bo‘lgan yoshlarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va zamonaviy kasblarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlashda mahallalar, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, har bir yosh bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati doirasida yoshlarning murojaatlarini o‘rganish, ularni ishga joylashtirish, kasb-hunar kurslariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Muhokama yakunida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini tizimli ravishda o‘rganib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda yoshlar masalalarini deputatlik nazoratida ushlab borish belgilab olindi.

Slide 1 of 1