Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
TASHABBUSLI BUDJET: G‘OLIB LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Fuqarolarning o‘z hududidagi muammolarni hal etishga doir taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda “Tashabbusli budjet” jarayoni muhim amaliy mexanizmlardan biri hisoblanadi. G‘olib deb topilgan loyihalarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi esa aholi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy natijaga aylanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tomonidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama davomida g‘olib loyihalarni moliyalashtirishning amaldagi holati, ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar, moliyaviy jarayonlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda loyihalarni belgilangan tartibda hayotga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, g‘olib loyihalar bo‘yicha moliyalashtirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlash va loyiha ijrosini nazorat qilish yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama yakunida 2026-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishni belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish, mavjud masalalarni tezkor hal etish hamda loyihalarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1