Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
2026-yil 29-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati


2026-yil 29-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Mavlonov faol ishtirok etdi.

Saflanish jarayonida o‘quvchilarga maktab tartib-qoidalariga rioya qilish, darslarga o‘z vaqtida kelish, puxta bilim olish, ustozlarni hurmat qilish va maktab mulkini asrab-avaylashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Deputat Sh. Mavlonov o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularni ilm olishga, izlanishga, intizomli va mas’uliyatli bo‘lishga, yurtimiz kelajagi uchun munosib avlod bo‘lib voyaga yetishga chorladi.

Zero, bugun maktab partasida o‘tirgan har bir o‘quvchi — ertangi kun bunyodkori, yurtimizning kelajakdagi tayanchi va ishonchidir.

Yoshlar qalbida bilimga muhabbat, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlarni shakllantirish yo‘lidagi har bir uchrashuv kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4